Yangilangan lotin alifbosi: Sh → Ş · Ch → Ç · Oʻ → Ö · Gʻ → Ğ. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.
Ro'yxat yillar bo'yicha. Kitob yonidagi raqam o'zim qo'ygan baho, 10 ballik shkalada. Ko'p kitoblar tagida o'qib bo'lgach Telegram kanalimda yozgan taqrizim bor. "O'qishi shart" deb belgilaganlarim har kim o'qishi kerak deb hisoblagan kitoblarim.
Ingliz tilini o'rganish va IELTS'ga tayyorlanish bo'yicha yozgan kitoblarim. Hozircha ular Jony Academy o'quvchilari uchun chiqarilgan.
Kitob olish yoki o'quv markazingiz uchun buyurtma berish bo'yicha murojaat qoldiring.
Murojaat qoldirishO'zim o'rgangan va hayotda sinab ko'rgan bilimlarimni ikki dastur orqali ulashaman.
10 darslik dastur. Har bir darsda hayotda kerak bo'ladigan bitta muhim ko'nikma yoki odat ustida ishlaymiz.
O'z ta'limimga 20 000$ ga yaqin mablag' sarflaganman: universitet, biznes va mentorlik kurslari, o'quv markazni tizimlashtirish va pedagogik mahorat kurslari. Ulardan olgan eng kerakli bilimlarimni saralab, shu dasturga jamladim.
Narx va keyingi guruh sanasi ariza qoldirganlarga aytiladi.
O'qituvchilikdan ustozlikka o'tish uchun maxsus kurs. Qisqa treninglarda ustozlarga bilganlarimni to'liq o'rgata olmasdim, ko'pchilik buni kurs qilib o'tishni so'radi. O'z mahoratimni kuchli ustozda oshirib kelganimdan keyin, o'rgangan barcha ustozlik mahoratlarini bitta kursga jamladim.
Dasturlarga ariza, kitob buyurtmasi, hamkorlik yoki ma'ruzaga taklif uchun shu yerdan yozing. Murojaatingiz to'g'ridan-to'g'ri menga yetib keladi.
Podkast va suhbatlardagi chiqishlarim. Videoni shu sahifaning o'zida ko'rish mumkin.
Podkast, suhbat yoki tadbirga taklif qilmoqchi bo'lsangiz, murojaat qoldiring.
Taklif yuborishZoxidov Jahongir Ilhomjonovich. 1997-yil 17-martda Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi Zafar shaharchasida tug'ilganman.
Ta'lim sohasida ishlayman: o'qituvchi, tadbirkor, mentor va muallif. Kunlarim o'quvchilar, o'qituvchilar va sinfxonalar orasida o'tadi. Shu saytdagi insholarning ko'pchiligi ham kitobdan emas, o'sha joylardagi tajribalardan chiqqan.
Ko'p yillar davomida insholarimni Telegram kanalimda yozib keldim. Lekin Telegram — tezkor xabar almashish uchun qurilgan joy. Uzun matn u yerda yo'qolib ketadi, o'qish ham qiyin: skroll qilish uzun, harflar zich, ko'z ham charchaydi. Shuning uchun shaxsiy saytimni ochdim. Endi insholarning asosiy joyi shu yer bo'ladi.
Aniq jadvalga bog'lanmayman. Ilhom kelganda, aytadigan gapim yig'ilganda yozaman. Shuning uchun insholarim uzun bo'ladi.
Ba'zida ikki ming so'zdan oshadi. Bir fikrni chala tashlab ketgandan ko'ra uni oxirigacha ochib berishni xohlayman.
Mavzular har xil: shaxsiy rivojlanish, psixologiya, ta'lim, oila, moliya, o'z-o'zini anglash, din. Lekin barchasida bitta maqsad bor — o'zimning boshimdan o'tgan tajribalarni, yegan shapaloqlarni boshqalarga sodda tilda tushuntirish. O'zim yashab ko'rmagan, o'zim his qilmagan narsalarni yozmaslikka harakat qilaman. Ba'zi yozganlarim, fikrlarim vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Shuning uchun hamma yozganlarim 100% haqiqat deb da'vo qilmayman. Shunchaki bular mening fikrlarim.
Yozish men uchun fikrlash usulim, qog'ozda o'ylayman. "Insho" so'ziga men "urinish" deb qaraganman: yozishni boshlaysan, g'oya kelishni boshlaydi. Sinab ko'ring. Mazasini his qilsangiz, faqatgina qo'lingiz og'rib qolganda to'xtaysiz.
Agar insholarim sizni biror narsa haqida o'ylashga majbur qilgan bo'lsa, men uchun shuning o'zi kifoya.
10 dan ortiq kitob yozganman. Ko'pi ingliz tilini o'rganish, IELTSga tayyorgarlik va o'qituvchilik mahoratiga bag'ishlangan:
Jony Academy — 2019-yil 19-avgustda Bekobodda bitta kichkina xonada boshlangan ingliz tili o'quv markazi. Bugun 5 filial, 70 ga yaqin xodim, 750–850 o'quvchi. IELTS va CEFR/Multilevel sertifikatlariga tayyorlaymiz. Asoschisiman.
Jony School — xususiy maktab, eng yangi loyiham. 2026-yil sentabridan 1400 kvadrat metrlik yangi qavat to'liq ishga tushadi. Asoschilaridan biriman.
Stech edu — zamonaviy kasblar, dasturlash, axborot texnologiyalari yo'nalishidagi o'quv markazi. Asoschilaridan biriman.
TTP: Ustozlik Psixologiyasi — o'qituvchilikdan ustozlikka o'tish uchun maxsus kurs. O'zim olib boraman. Hozircha 2 ta guruh bitirishga ulgurdi. Shu yo'nalishdagi yozganlarimni "Ustozlik ilmi" Telegram kanalimda chiqaraman.
Shogirdlik dasturi — shogirdlar uchun maxsus mentorlik dasturi. Barcha sohadagi bilganlarimni, boshdan kechirganlarimni, xatolardan olgan xulosalarimni to'liq bir kurs va mentorlik formatiga joylaganman. Faqat suhbat asosida o'g'il bolalar qabul qilinadi. 2 ta guruhni tugatib chiqarganman.
Nero Club — oilaviy qadriyatlar va meros ustida ishlaydigan jamoa. Hammuassisiman.
Bularning hammasida bitta asos bor: ta'limda eng katta o'zgarishni yangi bino ham, chiroyli dastur ham emas — kuchli ilmi tayyorlangan ustoz qiladi. Qolgan hamma narsa shundan keyin keladi.
Maktabni 2012-yilda a'lochi bo'lib bitirdim, kollejni 2015-yilda imtiyozli diplom bilan tugatdim. Keyin Toshkentga chiqdim.
2016-yilda MDIST — Management Development Institute of Singapore in Tashkent — ga o'qishga kirdim. Bu institut Britaniyaning University of Sunderland universiteti bilan hamkorlikda diplom beradi. 2020-yil 14-iyulda Sunderlandning BA (Hons) Business and Management diplomini oldim, daraja — 2:1 (Upper Second-Class Honours). Butun dastur ingliz tilida o'tildi va ingliz tilida baholandi.
Ingliz tilidagi yo'lim sekin-asta kechdi: IELTS 6.5 (2016), 7.5 (2021), 8.0 (2024). Oxirgi natijada Listening va Reading — 9.0 ball. 2022-yilda Davlat Test Markazining C1 sertifikatini ham oldim. Sakkiz yilda bir yarim ball o'sish tez emas. Lekin shogirdimga "o'zim chiqmagan cho'qqiga sizni chiqaraman" demaslik uchun bu yo'lni o'zim bosib o'tishim kerak edi.
2010-yildan hozirgacha 133 ta kitob o'qidim. Ro'yxati, har biriga qo'ygan bahom va taqrizlarim «O'qigan kitoblarim» bo'limida. O'qishni kayfiyatga tashlab qo'ymaslikka harakat qilaman, lekin ba'zida bo'lmaydi. Reja va doimiylik bo'lmasa, kitob javonda qolib ketadi.
Kurslarda o'quvchi bo'lib o'tirishdan ham tortinmayman. Shu kungacha tugatgan kurslarim:
Yugurishni 4-sinfda boshladim. Jismoniy tarbiya darsidagi uzoqlikka yugurish imtihonida birinchi bo'lib chiziqdan o'tdim — charchaganimda sinfdoshlarimning olqishi kuch bergani hali ham yodimda. Maktabni bitirgunimcha uzoqlikka yugurishda bir marta ham birinchi o'rindan tushmadim. Keyin uzoq yillar tashlab qo'ydim.
2025-yilda yugurishga qaytdim. Shu kungacha yakunlagan marafonlarim:
Tog'ga chiqish — eng sevimli mashg'ulotim. Shu kungacha chiqqan cho'qqilarim:
Katta Chimyonga 8 soat chiqdim, 5 soat tushdim, 38 ming qadam bosdim. Ba'zi joyda qiyalik 80 gradusga yetdi, bir necha kishi ortga qaytdi. Men qaytishni bir soniya ham o'ylamadim.
Bularning hammasi bitta narsani o'rgatdi: ulkan natija — bu kichik, lekin doimiy qadamlarning yig'indisi bo'larkan. Bitta xonadan besh filialgacha, 6.5 dan 8.0 gacha, 10 kilometrdan yarim marafongacha — hammasi shunday bo'lgan. Kichik qadam bilan boshlab sekin rivojlanib ketaverganmiz.
Ildizim ham ota tomondan, ham ona tomondan Andijonga borib taqaladi. Oilamizda o'qituvchilik an'anasi bobomdan boshlanadi. Bobomlar o'z davrida atrofga tanilgan rus tili o'qituvchisi bo'lganlar. Familiyam ham ularning ismlaridan olingan, ya'ni har kuni ildizimni eslatib turadi. Buvimlar esa menga 5–6-sinflarda shaxmat o'ynashni o'rgatdilar; sabr bilan, oldinga qarab o'ylashni birinchi bo'lib ular o'rgatgan.
Bog'chaga bormaganman. Birinchi ustozim ham, bog'cha opam ham onamlar bo'ldilar: harf-savodni uyda o'rgandim va 6 yoshda maktabga bordim. Dadamlar bir umr turli kasblarda halol mehnat qildilar, hozir mustaqil tadbirkor. Ulardan o'rgangan eng katta narsam — o'zing mazza qilgan ish bilan shug'ullan, shunda butun umr ishlamaysan. Dadamlarning o'z hobbisi hozir ularning ishlari. Har kuni ishlamaydilar — hobbilari bilan shug'ullanadilar.
Bolaligimda oilada meni erkalab "Jony" deb chaqirishgan; bu laqabni katta amakim qo'ygan. Yillar o'tib birinchi o'quv markazimga nom qo'yish payti kelganda, uzoq o'ylab o'tirmadim — Jony Academy. Nom tasodifiy tanlanmagan, u mening ildizim.